Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirish uchun Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining bitiruvchilari bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari e’lon qilindi.
Xabarigiz bor, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanmaga ega bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Shunga muvofiq, 13-avgustda yakka tartibdagi suhbat ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilgan edi.
Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda baholandi.
Yakka tartibdagi suhbat natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin.