Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Girls Development Club” endi yangi formatda faoliyat yuritadi

Xabaringiz bor, 2021-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan universitetda “Girls Development Club” (GDC) loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘tgan vaqt davomida klub xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirdi.

Joriy o‘quv yilidan boshlab “Girls Development Club” yangicha formatda ishlay boshladi. Endilikda klubga a’zo bo‘lgan talaba-qizlar biznes, psixologiya, shaxsiy rivojlanish, kasbga yo‘naltirish, notiqlik, yurist imijini shakllantirish bo‘yicha mahorat darslarida, chet tillari o‘rgatiladigan o‘quv markazlarida chegirmali darslarda, turli uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Klubga a’zo bo‘lishni istaganlar quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin: https://bit.ly/3LRfN0x⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠