Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Osaka universitetida (Yaponiya) 2-3-bosqich talabalari uchun akademik almashinuv dasturi e’lon qilindi

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA 80% dan kam bo‘lmasligi va ingliz yoki yapon tilini bilishi talab qilinadi:
– TOEFL iBT 80 va undan yuqori;
– IELTS 6.0 va undan yuqori;
– TOEIC 750 va undan yuqori;
– Cambridge CAE yoki CPE B2 va undan yuqori;
– JLPT N2.

Xorijiy oliy ta’lim muassasasida talabalar almashinuv dasturi bo‘yicha o‘qish istagan TDYU talabalari quyidagi hujjatlarni 25-oktabrgacha Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga taqdim etishlari kerak:
1. akademik transkipt nusxasi;
2. xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
3. ingliz tilini bilish sertifikati;
4. boshqa sertifikatlar.

Loyiha 1 yoki 2 semestrni hamkor xorijiy universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar