Toshkent davlat yuridik universitetida “Sening g‘oyang — sening kelajaging” shiori ostida g‘oya va loyihalar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda universitet talabalari o‘zlarining 30 dan ortiq g‘oya va loyihalari bilan ishtirok etdi.
Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular uchun turli ilmiy va ma’naviy to‘garaklarni yo‘lga qo‘yish, universitetda kitobxonlikni ommalashtirish, yigit-qizlarni IT va boshqa zamonaviy kasblarni o‘rgatish, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan loyihalar TDYU rektori Akbar Tashkulov boshchiligidagi komissiya a’zolari tomonidan baholab borildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi g‘oya va loyihalar komissiya a’zolari tomonidan ma’qullanib, amaliyotga tatbiq etiladigan bo‘ldi:
1. “CIX Law”. Muallif: Sarvarbek Abdullayev, “Xususiy huquq” fakulteti 3-bosqich talabasi;
2. “Study club”. Muallif: Muyassar Abdumannabova, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 2-bosqich talabasi;
3. “25-savol”. Muallif: Ikrom Olimov, “Jinoiy odil sudlov” fakulteti 3-bosqich talabasi;
4. “School of volunteers at TSUL”. Mualliflar: Fozil Omonov, Javohir To‘rayev, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 2-bosqich talabalari;
5. “Huquqiy nishon”. Muallif: Shahnoza Baxtiyorova, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 2-bosqich talabasi;
6. “Kompyuter savodxonligi”. Mualliflar: Javohir To‘rayev, Fozil Omonov, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 2-bosqich talabalari;
7. “Gender yetakchisi”. Muallif: Sevara Qodirova, “Ommaviy huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi;
8. “TSUL Parlament”. Muallif: Shoira Nazarova, “Ommaviy huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi;
9. “L-Team”. Muallif: Amirbek O‘ralov, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 4-bosqich talabasi;
10. “Wake up”. Mualliflar: Asqar Abdullayev, “Xususiy huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi, Sardor Jumanov, “Ommaviy huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi;
11. “TSUL Movie time”. Muallif: Zarina Yusufaliyeva, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 3-bosqich talabasi;
12. “Future of TSUL”. Muallif: Sarvarbek Toxirov, “Xususiy huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi;
13. “Uniday”. Muallif: Jahongir Haydarov, Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i.
14. “Milliy Moot Court”. Muallif: Jahongir Haydarov, Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i.
Ushbu loyihalar haqida universitetning ijtimoiy tarmoqlari orqali batafsil ma’lumot berib boriladi.