Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Ko‘p tomonlama sarmoyaviy nizolarni hal etish mexanizmining istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etiladi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Ko‘p tomonlama sarmoyaviy nizolarni hal etish mexanizmining istiqbollari” (Perspectives of the Multilateral Investment Dispute Settlement Mechanism) mavzusida davra suhbati tashkil etiladi.

O‘zbekiston arbitraj haftaligi doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti va TDYU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan anjumanda AQSH, Germaniya, Turkiya kabi mamlakatlardan 10 nafarga yaqin xorijiy mutaxassis hamda milliy ekspertlar ishtirok etadi.

Xalqaro investitsiya nizolarini hal etishning yangi mexanizmlarini joriy etish, UNCITRAL muhokamalari doirasida taklif etilayotgan mexanizmlarni muhokama qilish va ma’lum pozitsiyalarni shakllantirishga qaratilgan mazkur tadbirda 45 dan ortiq vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirokchi sifatida taklif etilgan.

Davra suhbati 22-sentabrda TDYU 3-binosida bo‘lib o‘tadi.