Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU talabalari ilk marotaba xalqaro yuridik firmalarda stajirovka o‘taydi

Shu munosabat bilan ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan marosimda TDYU rektori Rahimjon Xakimov, “Grotius Chambers” xalqaro yuridik va konsalting firmasining hamkor direktorlari Tomas Jon va Marin Veysyer hamda universitetning ma’sul xodimlari ishtirok etdi.

Marosimda ta’kidlanganidek, memorandumga ko‘ra yuridik va biznes konsalting xizmatlari ko‘rsatishni xalqaro darajada olib chiqish, yuridik klinika faoliyatini takomillashtirish va TDYU qoshida mediatsiya markazini tashkil etish, qo‘shma biznes-mediatsiya va nizolarni muqobil hal qilish bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish, yangi innovatsion yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, “Grotius Chambers” bilan hamkorlikda TDYU talabalari va yosh mutaxassislar uchun xalqaro huquq bo‘yicha o‘quv va ta’lim dasturlari tashkil etiladi.


TDYU talaba va professor-o‘qituvchilarining “Grotius Chambers” tomonidan taqdim etiladigan o‘quv seminarlar, stajirovkalar va boshqa kurslarda qatnashishini ta’minlash bilan birga hamkorlikda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazib, natijalarni nashr etishi uchun maxsus tarmoq yaratiladi.

2021-yildan TDYU talabalari uchun “Xalqaro yuridik konsalting firmasini ochish” tartibini o‘rgatuvchi maxsus kurs ochilib, unda mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun “Grotius Chambers”ning malakali advokatlari jalb etiladi.

Bundan tashqari, Rro bono yo‘nalishida va mediatsiya markaz yaratish bo‘yicha ham “Grotius Chambers” tomonidan Yevropa ittifoqi universitetlari va ularning yuridik klinikalari bilan TDYU o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Marosimda memorandum doirasidagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar ham belgilab olindi.

Ma’lumot uchun, “Grotius Chambers” xalqaro yuridik va konsalting firmasi 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Niderlandiyaning Gaaga shahridagi Savdo-sanoat palatasida ro‘yxatdan o‘tgan. Yuridik firmaning asosiy faoliyati hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, nodavlat tashkilotlar va xususiy tadbirkorlarga yuqori sifatli transchegaraviy huquqiy, siyosiy va advokatlik xizmatlarini taqdim etish, shuningdek xalqaro darajadagi odil sudlovga samarali kirishga ko‘mak berishdan iborat.

Hodisalar

Barcha e'lonlar