Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Yurist” loyihasining 2022/2023-o‘quv yilidagi yangi mavsumi boshlanmoqda.
Talabalarning huquqiy bilimini oshirish va ularda jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan turnir 2 haftada bir marta o‘tkaziladi.
Turnirda ishtirok etish uchun 6 nafar talabadan iborat jamoani shakllantirib, unga nom bergan holda @aristokrat_faridatelegram manzili yoki +99890 092-81-98 telefon raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Loyiha koordinatori — Farida Allambergenova.
Agar jamoani to‘plashda qiynalayotgan bo‘lsangiz, loyihaning telegram ijtimoiy tarmog‘idagi guruhi orqali buning oson yechimini topishingiz mumkin.