Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi tomonidan kadr ish yurituvining huquqiy asoslariga oid navbatdagi qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etilmoqda.
20 soatga mo‘ljallangan kurs mashg‘ulotlari 10–14-oktabr kunlari onlayn shaklda o‘tkaziladi.
To‘lov-shartnoma summasi 450 ming so‘mni tashkil etadigan kurs yakunida tinglovchilarga sertifikat beriladi.
Kursda o‘qishni istaganlar 5-oktabrga qadar +99871 233-22-14, +99899 937-04-33 telefon raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.