Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU talabalari tomonidan Yunusobod tumanidagi 9 ta mahallada xayriya aksiyasi o‘tkazildi

Muhtojlarga ko‘mak berish, ularning holidan xabar olib turish xalqimizga xos ezgu an’analardan biridir. Ushbu an’ana, ayniqsa, Ramazon oyida yanada ham o‘zgacha shukuh ila amalga oshiriladi.

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari ham Ramazon oyida muhtojlar holidan xabar olish, ularga ko‘maklashish maqsadida xayriya aksiya o‘tkazdi.

Yunusobod tumanidagi “Qashqar”, “Buyuk To‘ron”, “Xusniobod”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Usta Shirin”,”Astrobod”, “Firdavsiy”, “Islomobod”, “Turk-qo‘rg‘on” mahallalarida o‘tkazilgan aksiya davomida talabalabar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi hamda ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi 50 ta kam ta’minlangan va ijtimoiy muhtoj oilaga oziq-ovqat tarqatildi.

media widget

Hodisalar

Barcha e'lonlar