Toshkent davlat yuridik universiteti va Saarland universiteti huzuridagi Yevropa instituti hamkorligida Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) hamda Germaniya Tashqi ishlar vazirligi moliyaviy ko‘magida o‘tkazilayotgan maxsus dastur doirasida xalqaro savdo huquqi, JST huquqi va institutsional asoslari, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni, bozorga kirish masalalari va savdoni yengillashtirish, investitsiyalarni himoya qilish, proteksionizm va savdo fragmentatsiyasi kabi mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Xalqaro savdo, JST va global proteksionizm tendensiyalari sohasida tahsil olayotgan va mazkur sohaga qiziqadigan magistrant va doktorantlar uchun mo‘ljallangan bahorgi maktab 2026-yil 19-apreldan 30-aprelga qadar Germaniyaning Saarland universitetida bo‘lib o‘tadi.
Dasturda ishtirok etishni istaganlar 25-fevralga qadar (shu kuni ham) quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak: https://forms.gle/zdEGh4td3CDxMTqA6
Shuningdek, quyidagi hujjatlar “Spring School — 2025 “Understanding International Trade” Application” sarlavhasi bilan tsulprojects@gmail.com manziliga yuborilishi lozim:
— CV (Curriculum Vitae);
— motivatsion xat;
— akademik transkript/diplom nusxasi;
— til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (kamida IELTS 6.5 yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat);
— tavsiyanoma;
— talabalikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
— xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi.
Agar hujjatlar ingliz tilida bo‘lmasa, ularning tarjimasi ham ilova qilinishi kerak (rasmiy tasdiq talab etilmaydi).
Batafsil ma’lumot uchun TDYU Xalqaro grantlar bo‘limiga (@tsulprojects Telegram manzili yoki tsulprojects@gmail.com pochta manziliga) murojaat qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bahorgi maktab uchun tanlab olingan ishtirokchilarga 1275 yevro miqdorida mobillik granti ajratiladi hamda ularga ikki kishilik xonalarda yashash imkoniyatiga (nonushta va tushlik bilan) ega bo‘ladi. Seminar uchun to‘lov olinmaydi.