Toshkent davlat yuridik universiteti va “Regional dialogue” XHT hamkorligida o‘qituvchilarni baholash va malakasini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
TDYU professor-o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan seminarni New York Law School professori Kris Franklin va Washburn University School of Law professori Rori Baxadur olib bordi.
Ikki kun davomida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda professor-o‘qituvchilar dunyoning zamonaviy baholash metodikalari va amaliyoti bilan tanishdi.