Sankt-Peterburgda “РОССТУДСПОРТ” XII Kongressi o‘tkazilmoqda.
Oliy ta’limda jismoniy tarbiya va fijital harakatini rivojlantirish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazish, tajriba almashish va g‘oyalar ishlab chiqish uchun professional hamjamiyatni har yili birlashtiruvchi kongress doirasida “Kelajakka nazar: oliy ta’limda fijital texnologiyalar” III Butunrossiya forumi hamda “Talabalar sportini rivojlantirishning dolzarb masalalari” MDH davlatlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Universitetlarda jismoniy tarbiya va talabalar sportini rivojlantirishning ustuvor masalalari muhokama qilinayotgan mazkur tadbirlarda Toshkent davlat yuridik universiteti Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri Dmitriy Dokuchayev ham ishtirok etmoqda. D.Dokuchayev “MDH mamlakatlari universitetlarida jismoniy tarbiya va talabalar sporti” mavzusidagi panel muhokamasida ma’ruza qiladi.