Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi professori, Yuridik klinika rahbari Otabek Narziyev, Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi dotsenti Dilfuza Djumaniyazova, Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi katta o‘qituvchisi Shohjahon Toshpo‘lotovdan iborat universitet delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasining Regensburg universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Regensburg universiteti tadqiqotchilari va magitrantlari bilan “Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolarini hal qilishga ko‘maklashuvchi yuridik klinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish” grant loyihasi doirasida qator ilmiy uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga Yuridik klinika va yoshlar bilan ishlash masalalarida mahorat darslari o‘tkazildi.
Shuningdek, delegatsiya vakillari Regensburg universiteti Yuridik klinikasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, klinika rahbari va huquq fakulteti professor Aleksandr Grazer ishtirokida o‘tkazilgan ilmiy seminarda qatnashdi. Anjumanda ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolarini hal qilishga ko‘maklashuvchi yuridik klinika faoliyati doirasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tashrif davomida Markaziy Osiyoda Huquqiy Transfer va Huquqiy Rivojlanish ilmiy tadqiqot guruhi vakillari, xususan, professor Manuchehr Kudratov ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, unda yoshlarga oid qonunchilikni takomillashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga, TDYU delegatsiyasi vakillari Myunxen shahrida joylashgan Lyudvik Maksimillian universiteti Huquq fakulteti va kutubxonasi, Max Plank Ijtimoiy huquq va Ijtimoiy siyosat Instituti, Bavariya o‘lkasi markaziy kutubxonasida bo‘lib, grant loyihasi masalalariga oid adabiyotlar va tadqiqotlar bilan tanishdi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida Germaniyaning ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar bilan ishlash tajribasini o‘rganildi.