Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU dotsenti Kirill Molodikoning maqolasi Scopus Q2 jurnalida indekslandi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti Kirill Molodikoning “Economic Sanctions: How to Make International Trade a Legal Right Instead of a Privilege” nomli maqolasi Scopus Q2 jurnalida indeksatsiya qilindi.

Maqolada dunyoning rivojlangan davlatlari tomonidan amaliyotda keng qo‘llanilayotgan bir tomonlama majburlov choralari (sanksiyalar)ning turli jihatlari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ularning xalqaro savdoga va umuman rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’siri asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bir tomonlama sanksiyalar bo‘yicha maxsus ma’ruzachisining 2015—2023-yillardagi yillik ma’ruzalari, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi va Inson huquqlari bo‘yicha kengashida (BMT) sanksiyalar masalalari bo‘yicha ovoz berishda muayyan davlatlar egallagan pozitsiyalar har tomonlama tahlil qilingan. Xalqaro savdoda sanksiyalar kengayishiga qarshi kurashish bo‘yicha qator amaliy chora-tadbirlar taklif etilgan.

Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://www.bricslawjournal.com/jour/article/view/1128


Hodisalar

Barcha e'lonlar