Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Faringiz Yusupovaning “Telemedicine in the Digital Era: Navigating the International Legal Landscape to Expand Global Healthcare Access” nomli maqolasi Scopus Q4 jurnalida hamda Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press” nashriyoti ma’lumotlar bazasida indeksatsiya bo‘ldi.
Maqolada sog‘liqni saqlash sohasidagi raqamli transformatsiya va teletibbiyot xizmatlarini tartibga soluvchi xalqaro huquqiy jihatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro elektr aloqa ittifoqi va turli mintaqaviy organlarning bu boradagi asosiy hujjatlari tahlil qilinib, teletibbiyotning xalqaro huquqiy asoslari ko‘rib chiqilgan. Unda teletibbiyotni tartibga solish va ma’lumotlarni himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Maqola bilan tanishish… https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85212941659&origin=resultslist