“Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Firuza Muhitdinova “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasida, universitetimizning Ommaviy huquq fakulteti tyutori Bekmirza Avliyoqulov “Eng yaxshi tyutor” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Firuza Muhitdinova va Bekmirza Avliyoqulovni universitetimiz jamoasi nomidan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.