Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetiga yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3308, 2021-yil 9-iyun)ning 4-bandiga muvofiq abituriyentlar uchun suhbat:
akademik litsey dasturlari doirasida huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasini;
yuridik kasbni tanlashda motivatsiyasini (huquqshunos kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish ko‘rsatish);
nutq madaniyatining shakllangani, o‘z fikrini ravon ifoda etish va tanqidiy fikrlash salohiyatiga ega ekanini;
umumiy dunyoqarashining shakllangani, o‘z ustida ishlash va ijodkorlik qobiliyatini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.
Suhbat savollarni bilan quyidagi link orqali tanishish mumkin: https://tsul.uz/uz/general-page/dastur