Toshkent davlat yuridik universitetida “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida o‘tkazilgan navbatdagi Talabalar festivali yakunlandi
5 kun davomida o‘tkazilgan festival doirasida 25 ta tanlov, loyiha va sport musobaqalari tashkil etildi.
Festival doirasidagi intellektual, huquqiy, kitobxonlik, kompyuter savodxonligi, sarguzashtli, munozarali va xalqaro tanlovlar hamda ijtimoiy aksiyalarda 3500 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi.
Talabalar festivali g‘olib va sovrindorlari hamda faol ishtirokchilarini taqdirlash maqsadida o‘tkazilgan marosimda 200 nafardan ziyod talabaga diplom, sertifikat, pul mablag‘lari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Quyida Talabalar festivali doirasida o‘tkazilgan loyiha, tanlov va sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari bilan tanishishingiz mumkin: