Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Yuridik klinikaga yangi qabul qilingan volontyorlar uchun seminar-trening tashkil etildi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi volontyorlarni qabul qilish haqida e’lon bergan edi. Ushbu e’londan so‘ng 480 nafar talaba klinika volontyori bo‘lish istagida ro‘yxatdan o‘tdi. Ular orasidan 130 nafari ikki bosqichli tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, TDYU Yuridik klinikasi volontyoriga aylandi.

Kuni kecha ushbu talabalar uchun TDYU Yuridik klinikasi faoliyati va fuqarolarni qabul qilish tartibi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida talabalar Yuridik klinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan ishlash, ularni qabul qilish va huquqiy maslahatlar berish uchun zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Klinika mutaxassislari yangi a’zolarga turli murojaatlar bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, treningdan so‘ng Yuridik klinikaning yangi volontyorlari fuqarolarni qabul qilishni boshladi.


Hodisalar

Barcha e'lonlar