Xabaringiz bor, poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “TalabaExpo — 2025” kasb ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.
Ko‘rgazma doirasida ishtirokchilar uchun Toshkent davlat yuridik universiteti haqida taqdimot qilindi. Unda TDYU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, professor Ahrorxon Hoshimxonov tomonidan talaba-yoshlarga Toshkent davlat yuridik universitetining missiyasi va maqsadlari, nufuzi va afzalliklari, universitetning taniqli bitiruvchilari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, taqdimotda ishtirokchilarning “Nega aynan Toshkent davlat yuridik universiteti?” degan savollariga ham batafsil javob qaytarildi.