Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi innovatsiya va hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochdi

Yurtimizda akademik hamjamiyat uchun muhim va ahamiyatli tadbir — birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi o‘tkazildi.

Mazkur xalqaro nufuzli anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasini bajaruvchi, professor Islambek Rustambekov ishtirok etib, forumning kreativ industriyalar, huquq, iqtisodiyot fanlari va madaniy meros sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan asosiy sessiyasida moderatorlik qildi.

Forum doirasida TDYU professor-o‘qituvchilari tomonidan yozilgan va Italiyada nashr etilgan “Raqamli davrda intellektual mulk” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Raqamli texnologiyalar davrida intellektual huquqlarni himoya qilishning dolzarb masalalarini qamrab olgan mazkur kitob forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Xalqaro anjuman davomida TDYU va Roma Tre universiteti bilan Raqamli huquq bo‘yicha qo‘shma magistrlik dasturini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Ta’kidlash joizki, bu hamkorlik global raqamlashtirish davrida yuridik ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi eng muhim qadamdir.

Shuningdek, forum doirasida Islambek Rustambekov hamda Florensiya universiteti va Bari universiteti vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, muzokaralar davomida kelgusida hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolashga kelishib olindi.

Biz so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi hamkorlik aloqalari va qo‘shma ilmiy loyihalarni mustahkamlash uchun yangi ufqlarni ochib berdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar