Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 12-avgustdagi kengaytirilgan yig‘ilishi 72-son bayonining 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universtitetida o‘quv adabiyotlarini yaratish va nashr qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati Respublika ishchi guruhi tomonidan oʻrganildi.
O‘rganish davomida ishchi guruh a’zolari Zulfiya Zaxidova va Umid Yakubov hamda universitetning vakillari ishtirokida o‘quv adabiyotlarini yaratish, nashr qilish, bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning holati bo‘yich yig‘ilish o‘tkazilib, mas’ullarga bu borada tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, Respublika ishchi guruh a’zolari TDYU Axborot-resurs markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, markaz faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli takliflar berdi.