Toshkent davlat yuridik universitetida yo‘lga qo‘yilgan “Central Asian Legal Research Fellowship” dasturining 3-mavsumi doirasida o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanda milliy va xorijiy mutaxassislar, xususan, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Shvetsiya, Polsha, Hindiston, Turkiyaning nufuzli universitetlari va TDYU professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Onlayn va an’anaviy formatda o‘tkazilgan forum doirasida ishtirokchilar tomonidan huquqiy tadqiqotlarning asoslari, huquqiy tadqiqotning qiyosiy metodi, huquqiy tadqiqot modellari, shuningdek, huquq sohasidagi fanlararo tadqiqotlar va bu boradagi ehtiyojlar, muammolar va strategiyalar yuzasidan ma’ruzalar qilinib, fikr va tajriba almashildi.
Forum davom etmoqda.