Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Darslarni zamonaviy va yagona yondashuv asosida olib borish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universitetining Biznes huquqi kafedrasi tomonidan universitetning Transformatsiya bo‘limi bilan hamkorlikda darslarni ilg‘or interaktiv yondashuvlar asosida olib borish, professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim jarayonlarini QAA (The Quality Assurance Agency for Higher Education) standartlarini inobatga olgan holda tashkil qilish maqsadida o‘tkazilgan mahorat darsida talabaga yo‘naltirilgan ta’limni (student oriented teaching system) biznes huquqi moduliga tatbiq qilishni o‘ziga xosligi va uni samarali tatbiq qilish bilan bog‘liq zamonaviy metodlar muhokama qilindi.

Dars davomida biznes huquqi fanini o‘qitishdan kutiladigan umumiy natijalarga erishish masalalari va ularning yechimlari, ushbu fandan ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borishda qo‘llash mumkin bo‘lgan zamonaviy interaktiv metodlar, talabalar bilan qayta aloqa qilishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar ko‘rib chiqildi.

Professor-o‘qituvchilar turli interaktiv metodlarni dars jarayoniga qanday qilib muvaffaqiyatli integratsiya qilish borasida fikr almashdi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar