Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Konstitutsiyaviy huquq fanidan darslarni zamonaviy va yagona yondashuv asosida olib borish bo‘yicha mahorat darslari tashkil etilmoqda

Toshkent davlat yuridik universitetining Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi tomonidan ilk mahorat darsida professor-o‘qituvchilar konstitutsiyaviy huquqning birinchi mavzusini o‘qitish bilan bog‘liq tajribalarni almashdi.

Mashg‘ulotda mavzu yuzasidan duch kelinayotgan umumiy qiyinchiliklar va ularni yengib o‘tish usullari muhokama qilindi.

Dars davomida konstitutsiyaviy huquqning ma’ruza va seminar darslari o‘rtasidagi uzviylik va bog‘liqlik, fanni o‘qitishdan kutiladigan umumiy natijalarga erishish masalalari va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, konstitutsiyaviy huquq fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarini olib borishda qo‘llash mumkin bo‘lgan zamonaviy interaktiv metodlar, talabalar bilan qayta aloqa qilishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar ko‘rib chiqildi.

Professor-o‘qituvchilar turli interaktiv metodlarni dars jarayoniga qanday qilib muvaffaqiyatli integratsiya qilish mumkinligini muhokama qildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar