Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Xalqaro xususiy huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yozilgan maqola Scopus Q1 jurnalida indeksatsiya bo‘ldi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yozilgan “The Impact of Digitalization in Inheritance Law” nomli maqola Scopus Q1 jurnalida indeksatsiya bo‘ldi.

Ushbu maqola kafedra katta o‘qituvchisi, TDYU mustaqil izlanuvchisi Akmaljon Akramovning PhD dissertatsiyasi mavzusida yozilgan bo‘lib, unda raqamli mulk, raqamli aktivlarni ishonchli boshqarishni tartibga solishda paydo bo‘ladigan muammolar va imkoniyatlarni ko‘rib chiqilgan. Jismoniy shaxslar qimmatbaho raqamli aktivlar, jumladan, kriptovalyutalar, ijtimoiy media akkauntlar va onlayn intellektual mulkka egalik qilar ekan, an’anaviy meros tizimi orqali bu bilan bog‘liq muammolarni tartibga solishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ushbu tadqiqot klassik meros ta’limotlarini, zamonaviy raqamli aktivlar nazariyalarini va ishonchli boshqaruv bilan bog‘liq tamoyillarini birlashtirgan qiyosiy, fanlararo yondashuvni qo‘llaydi.

Maqolada raqamli mulk bilan bog‘liq meros masalalari bo‘yicha aniq huquqiy muammolar tahlil qilingan va zamonaviy huquqiy yechimlar berilgan.

Mazkur maqola bilan quyidagi link orqali tanishish mumkin: https://www.scopus.com/sourceid/21101173094⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar