Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda Yaponiya til va huquq assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

Yaponiya til va huquq assotsiatsiyasi, xususan, Yaponiyaning Kinjo Gakuin universiteti (Kinjo Gakuin University), Takasaki Iqtisodiyot universiteti (Takasaki University of Economics) Tokio chet tillar universiteti (Tokyo University of Foreign Studies) va bir qator xususiy sektor vakillaridan iborat delegatsiya Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuv avvalida “Uzbekistan Law Blog” loyihasi bo‘yicha maqolalar tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Uchrashuvning davomida delegatsiya vakillari tomonidan turli mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, TDYU professor-o‘qituvchilari yaponiyalik mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Uchrashuv davomida o‘zaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashilib, kelgusida ham hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar