Toshkent davlat yuridik universiteti stipendiyasi va ta’lim granti uchun munosib nomzodlarni tanlab olish uchun iyul-avgustda 2-bosqichli tanlov o‘tkazildi.
Nomzodlarni aniqlashda ularning a’lo baholarga o‘qishi, chet tilini puxta bilishi, ijodiy, ijtimoiy va intellektual tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jamoat ishlaridagi faolligi inobatga olindi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 6 nafar talaba va 3 nafar o‘quvchi TDYU stipendiyasi va ta’lim granti sovrindori bo‘ldi.
TDYU stipendiyasi sohiblari:
1. Muxlisa Bahromova — Ommaviy huquq fakulteti 3-kurs talabasi;
2. Mahbuba Abdusamikova — Xususiy huquq fakulteti 2-kurs talabasi
3. Nilufar Aripova — TDYU qoshidagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchisi;
4. Ozodbek Amonboyev — TDYU qoshidagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchisi;
5. Otabek Toʻlqinov — TDYU qoshidagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchisi.
TDYU stipendiyasi har oyda bazaviy stipendiyaning bir yarim baravari miqdorida berib boriladi.
TDYU ta’lim granti sohiblari:
1. Laylo Bahromova — Ommaviy huquq fakulteti 3-kurs talabasi;
2. Saidakbar Ibrohimov — Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-kurs talabasi;
3. Hamida-Bonu Mirzayeva — Xususiy huquq fakulteti 3-kurs talabasi;
4. Muyassarxon Abdumannabova — Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi.
Ushbu talabalar 2024/205-o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining yarmidan ozod etiladi.