O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining “Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlari iqtidorli talabalari va o‘quvchilariga Adliya vazirligi stipendiyasini ajratish to‘g‘risida”gi buyrug‘i e’lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universitetining 8 nafar talabasi Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo‘ldi:
1. Karina Voronova — Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs talabasi;
2. Komron Tursunmurodov — Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi;
3. Muslimbek Muxtarov — Xususiy huquq fakulteti 2-kurs talabasi;
4. Ulug‘bek Turabbayev — Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi;
5. Sardor Mardanov — Ommaviy huquq fakulteti 3-kurs talabasi;
6. Zafar O‘roqov — Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-kurs talabasi;
7. Madinabonu Shodiyeva — Xususiy huquq fakulteti 3-kurs talabasi;
8. Mahbuba Sayfullayeva — Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi.
Ma’lumot uchun: Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo‘lgan TDYUning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalari uchun bazaviy stipendiya miqdorining bir yarim baravari miqdorida hamda Yuridik texnikumlarning akademik ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lgan iqtidorli o‘quvchilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida stipendiya belgilanadi.