Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU professor-o‘qituvchilari Shvetsiyaning Lund universitetida stajirovka o‘tamoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari Yevropa Ittifoqining tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha “MARS: Non-Western Migration Regimes in a Global Perspective”, funded by the European Commission, Horizon Europe MSCA Staff Exchanges Programme (project number 101130177)” loyihasi doirasida bir oylik stajirovka o‘tash uchun Shvetsiyaning Lund universiteti (Lund University)ga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif doirasida ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirok etish, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish, professor-o‘qituvchilar bilan o‘zaro hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish masalalarini muhokama qilish, axborot-resurs markazlarida mavjud o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy materiallar bilan tanishib chiqish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: Lund universiteti hozirgi kunda “QS World University Rankings” da 85-o‘rinni, “Europe University Ranking”da 13-o‘rinni egallagan.

Hodisalar

Barcha e'lonlar