Mamlakatimiz bo‘ylab “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
Umumxalq hasharida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etdi.
Hashar doirasida universitet va unga tutash hududlar obodonlashtirildi.