Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Shuhrat Fayziyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolarini tasdiqlash bo‘yicha tadbir tashkil etildi.

Mazkur qo‘mitaning 2025-yil 11-fevraldagi qaroriga asosan Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Shuhrat Fayziyev Jamoatchilik kengashining a’zosi sifatida tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun: Jamoatchilik kengashi ekologiya sohasidagi davlat organlari, oliy o‘quv yurtlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillaridan iborat. Kengash qo‘mitaning qonun ijodkorlik, nazorat-tahlil faoliyati va ekologik qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha turli ilmiy-amaliy tadbirlarni o‘tkazishda yordam beradi. Jamoatchilik kengashi orqali parlamentning ekologik sohasidagi faoliyati keng jamoatchilikka yetkazib boriladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar