Moldovaning Kishinyov shahrida armrestling bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi.
Musobaqada dunyoning 60 ta mamlakatidan 1500 nafar sportchi ishtirok etdi.
Mazkur jahon chempionatida Toshkent davlat yuridik universiteti Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri Dmitriy Dokuchayev ham muvaffaqiyatli qatnashib, 80 kggacha bo‘lgan vazn toifasida 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.