“VOTUM” agentligi tomonidan mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining ochiqlik reytingini e’lon qildi.
Mazkur reytingni tuzishda ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar hajmi, ochiq manbalar, veb-saytlardagi ma’lumotlar hamda universitet vakillarining auditoriya uchun qay darajada ochiqligi va muloqotga kirishish qobiliyati inobatga olindi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti mazkur reytingda 7-o‘rinni egalladi.