Toshkent davlat yuridik universiteti “Kriminalistika va sud ekspertizasi” kafedrasi tomonidan yuridik fanlar nomzodi, dotsent A.Norboyev xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan anjumanda TDYU, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Konferensiyada zamonaviy kriminalistikaning dolzarb masalalari, kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish va eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv jarayoniga zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.