Toshkent davlat yuridik universitetida 2023/2024-oʻquv yili qabul jarayonlari boʻyicha abituriyentlar va ularning ota-onalari, universitet faoliyatiga qiziquvchi fuqarolar uchun “Bir kun talaba boʻling!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Tadbirda 150 nafarga yaqin abituriyent va ularning ota-onalari ishtirok etib, universitet faoliyati, yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, o‘quv va qabul jarayonlari haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
“Ochiq eshiklar” kuni tadbirlari tizimli davom ettiriladi.