Toshkent davlat yuridik universitetining 30-yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Toshkent shahar yuridik texnikumi hamda TDYU qoshidagi akademik litseyning 100 nafardan ziyod o‘quvchisi ishtirok etdi.
“Ochiq eshiklar kuni” ishtirokchilari universitetda yoshlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, turli ilmiy va sport to‘garaklari hamda Axborot-resurs markazi faoliyati, o‘quv xonalari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, universitet mutasaddilari o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.