Hujjatlar http://qabul2023-litsey.tsul.uz platformasi orqali 2023-yil 25-iyundan 5-iyul (shu kuni ham)ga qadar qabul qilinadi.
Abituriyentlar TDYU rektori nomiga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizani elektron shaklda to‘ldiradi.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:
– diplom va ilovasi.
Arizaga ilova qilinayotgan hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak.
Arizani unga hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalar ko‘rinishida ilova qilingan holda jo‘natilishi kerak.
Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan vaqt ariza uchun noyob raqam olingan vaqt hisoblanadi.
Agar taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda 72 soat ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili bo‘yicha abituriyentga tegishli xabarnoma yuboriladi. Bunda abituriyentga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng hujjatlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi.