Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Grodno universiteti o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi


Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti vakillari Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda Grodno davlat universiteti rektori I.Kiturko, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.Yuriem, TDYU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.Rustambekov va universitet mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida ikki universitet o‘rtasida imzolangan “Hamkorlik to‘g‘risida”gi va “Bakalavr bosqichidagi qo‘shma ta'lim dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi kelishuvlar bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

Shuningdek, hamkorlikdagi ishlar samaradorligini oshirish, “Xalqaro huquq” va “Bojxona huquqi” yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Bundan tashqari, tashrif davomida mehmonlar Adliya vazirligining Toshkent shahridagi yuridik texnikumlarida bo‘lib, o‘quvchilar bilan uchrashdi.