Toshkent davlat yuridik universiteti va Roma Tre universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan yozgi maktab besh kunlik intensiv kurs shaklida gibrid formatda (onlayn va oflayn) o‘tkaziladi.
Yozgi maktab mashg‘ulotlari 24-iyun 09:30 da boshlanadi va ularda huquqshunoslik, AKT yoki boshqa tegishli sohalarda tahsil olayotgan talabalar, kiberhuquq bo‘yicha bilimlarini kengaytirishni istagan yuridik amaliyotchilar, AKT sohasida ishlaydigan mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
Beshta moduldan iborat yozgi maktab mashg‘ulotlarida “Internetni boshqarish”, “Kiberhujum: muammolar, boshqaruv va kelajak”, “Kiberqonunchilikka kirish”, “Kiberjinoyatlar va sohadagi normativ-huquqiy baza”, “Raqamli asrda intellektual mulk va maxfiylik, elektron hukumat” kabi mavzularda foydali ma’lumotlar beriladi.
Yozgi maktab dasturi bilan tanishish...
Load More Post...