Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA 80% dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasasida akademik mobillik dasturi bo‘yicha o‘qishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 10-mayga qadar dekanatlarga taqdim etishi kerak:
1. Akademik transkipt nusxasi.
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi.
3. Ingliz tilini bilish sertifikati (IELTS – 6.0):
– TOEFL iBT 80 va undan yuqori;
– IELTS 6.0 va undan yuqori;
– TOEIC 750 va undan yuqori;
– Cambridge CAE yoki CPE B2 va undan yuqori;
4. Boshqa sertifikatlar.
Loyiha 1 semestr (2023-yil 1-sentabrdan 2024-yil yanvarga qadar) davomida hamkor xorijiy universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, TDYUdagi kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.
Eslatib o‘tamiz, dastur talabalari Gruziya universitetning talabalar turar joyiga joylashtirilmaydi.
Ma’lumot uchun: Tbilisida o‘rtacha yashash narxi oyiga transport, ovqatlanish va dam olishni hisobga olganda (ijara xarajatlaridan tashqari) 900–1100 GEL (300–400 yevro)ni tashkil etadi.
Load More Post...