Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi
Markaz haqida

Bizning vazifamiz

Toshkent davlat yuridik universitetining Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son va 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5847-son farmonlari, 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–3698-son qarori hamda Universitet Kengashining 2020 yil 21 maydagi 4-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Markazga universitet rektori tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Markaz direktori rahbarlik qiladi.

Markaz tarkibida Huquqiy tashabbuslar bo‘limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi hamda Legal Tech laboratoriyasi mavjud bo‘lib, ularning faoliyati Universitet innovatsion jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Markazning vazifasi universitetda qonunchilikka ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, universitet o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy faoliyati natijalarini bozorga chiqarish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, grantlarni jalb qilish, shuningdek, yuristlar ishini yengillashtiradigan mobil ilovalar va dasturiy mahsulotlar yaratishdir.

Biz, belgilangan maqsadlarga erishish uchun, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Akademik innovatsiyalar fondi, BMT Taraqqiyot dasturi va boshqa tashkilotlar 
bilan hamkorlik qilamiz.

Bizning loyihalar

Biz 30 ta loyiha ustida ish olib bormoqdamiz, shu jumladan:

  • ta’lim jarayonini raqamlashtirish va elektron hujjat aylanishiga o‘tishni ta’minlaydigan “Elektron universitet” tizimi;
  • istiqbolli startap-loyihalarni ishga tushirishga ko‘maklashuvchi “Huquqiy Shahar” veb-platformasi;
  • M.S.Narikbayev nomidagi KAZGYU universiteti (Qozog‘iston) va Y.Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belorussiya) bilan qo‘shma ta’lim dasturlari;
  • IT-startaplarni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha “Legal Tech” laboratoriyasi;
  • qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan ekspert prognozlash bo‘yicha Forsayt-markazi;
  • qoshimcha talim kurslari

Bizning xodimlar

Samir Ildusovich Latipov

Markaz direktori

Behruz Sadriddinovich Shamsutdinov

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i

Sunnat Azimovich Maxmudov

Huquqiy tashabbuslar bo‘limi boshlig‘i

Kamola Gulmurodovna Xoliqnazarova

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi uslubchisi

Xurshida Baxriddinovna Safarova

Huquqiy tashabbuslar bo‘limi uslubchisi

Ilhom Ibroximovich Norov

“Legal Tech” laboratoriyasi bosh mutaxassis-koordinatori


Biz bilan bog‘lanish

Markaz manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35, 3-o‘quv binosi, 229-xona.

Tel.: 233-66-36 (1047)

Elektron pochta: www.innovation.tsul@gmail.com