Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universitetida “Munozara” respublika turniri belgilangan talablar asosida tashkil etilgan

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2023-yil 14-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Munozara” respublika turnirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilingan. Qarorda turnir fakultet, ta’lim muassasasi, mintaqaviy va respublika bosqichlarida tashkil etilishi belgilangan.

22-may kuni “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi kanallardan birida Toshkent davlat yuridik universitetida “Munozara” turnirining fakultet va universitet bosqichlari o‘tkazilmasdan, respublika bosqichiga nomzod berilgani haqidagi asossiz ma’lumot tarqatilgan. Ushbu ma’lumot va postda keltirilgan boshqa ma’lumotlarga nisbatan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Birinchidan, post muallifi TDYUda “Munozara” tanlovining fakultet va universitet bosqichi 2022-yilda o‘tkazilganini, qo‘shma qaror esa 2023-yilda qabul qilinganini vaj sifatida ko‘rsatib, universitet o‘zining ichki loyihasi g‘oliblarini respublika tanloviga taqdim etgan degan mazmunda asossiz fikrni bildirgan. Shu o‘rinda ma’lum qilamizki, “Munozara” turniri Toshkent davlat yuridik universitetida doimiy ravishda o‘tkazib kelinadi. “Munozara” respublika turnirini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror esa 2023-yil 14-aprelda qabul qilingan bo‘lib, qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan turnir nizomini ishlab chiqishda bevosita Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 17-fevraldagi 36-um-son buyrug‘ining 3-ilovasida tasdiqlangan “Talabalarda sog‘lom fikrlash, bahsga kirishish va notiqlik mahoratini oshirishga qaratilgan huquqiy “Munozara” turnirini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomdan namuna sifatida foydalanilgan.

Ikkinchidan, Toshkent davlat yuridik universitetining yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha chora tadbirlar rejalari mavjud. Shu bilan birga, universitetda talabalarning oraliq va yakuniy nazorat ishlarinini topshirish muddatlari boshqa oliy ta’lim muassasalaridan farq qiladi. Shu sababli universitetda talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkaziladigan barcha tadbir, tanlov va loyihalarning muddatlari va turlari talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali belgilanadi. Shunga ko‘ra, universitetda “Munozara” intellektual turnirining saralash va yarim final bosqichlari 2022-yil dekabr oyida o‘tkazilib, final bosqichi may oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. O‘zbek va rus tillarida o‘tkazilgan bellashuvlarda 30 dan ortiq jamoa ishtirok etgan. Turnirning mazkur bosqichlarini o‘tkazish tartibi 2023-yil 14-aprelda tasdiqlangan “Munozara” turnirini Respublika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning maqsad va vazifalariga to‘liq mos keladi.

Uchinchidan, “Munozara” respublika turnirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaror 19-aprelda ijroga yo‘naltirilgan bo‘lib, may oyiga qadar uning fakultet bosqichini o‘tkazish topshirilgan. Berilgan muddat qisqaligi sababli jamoalarning roziligi asosida tanlovning dekabr oyida o‘tkazilgan saralash va yarim final bosqichi g‘oliblari may oyida o‘tkazilgan universitet (final) bosqichida kuch sinashdi hamda unda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalar haqidagi ma’lumotlar “Munozara” turniring 2-bosqichida ishtirok etish uchun Respublika tashkiliy ishchi guruhiga taqdim etildi. Shu bois postdagi “universitet 2023-yilda qabul qilingan qarorning ijrosini 2022-yildan boshlab ijrosini ta’minlaganmi?!” mazmunidagi fikrlar asosga ega emas.

Hodisalar

Barcha e'lonlar