Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Liverpul universiteti bilan hamkorlik qiladi

Buyuk Britaniyaning Liverpul universiteti vakillari Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxshillo Xodjayev, xalqaro aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Bobur Uzakov, Liverpul universiteti magistratura dasturlari bo‘yicha direktori, professor Mavluda Sattorova, Huquq va ijtimoiy adolat maktabi dekani, professor Valsamis Mitsilegas, tadqiqot ishlari bo‘yicha dekan yordamchisi Kanstantsin Dzehtsiarou ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida I.Rustambekov so‘z olib, mehmonlarga Toshkent davlat yuridik universiteti, muassasadagi o‘quv va ta’lim jarayoni, xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbirda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim va tadqiqot sohasida hamkorlikni mustahkamlash, LLM dasturlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim loyihalarini yo‘lga qo‘yish, TDYU bitiruvchilari uchun Liverpul universiteti magistraturasiga kirishda imtiyozlar berish, TDYUda “Ingliz huquqini tadqiq qilish markazi”ni tashkil etish, mazkur universitet professor-o‘qituvchilarini TDYUga jalb etish, hamkorlikda “Yozgi maktab” tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida TDYU va Liverpul universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar