Toshkent davlat yuridik universitetiga Garvard universitetining Devis markazining direktor o‘rinbosari Mariya Altamore va loyiha koordinatori Aleksandr Abashkin tashrif buyurdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuv avvalida mehmonlarga universitet faoliyati, o‘quv va ta’lim jarayoni, xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda TDYU va Devis markazi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Devis markazi ko‘magida Toshkent davlat yuridik universitetida dars berish uchun xorijiy professor-o‘qituvchilar va ekspertlarni jalb qilish bo‘yicha fikr almashildi.