“Istanbul arbitraj haftaligi” doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, yuridik fanlar doktori, professor Islambek Rustambekov Istanbul universitetining prorektori va Xalqaro hamkorlik boshqarmasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda talabalar va professor-o'qituvchilar uchun akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda qo'shma tadqiqotlar o'tkazish va ilmiy maqolalarni nashr etish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish borasida o‘z takliflarini bildirib, TDYU va Istanbul universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdi.
Ma’lumot uchun: 1453-yilda asos solingan Istanbul universiteti Turkiyadagi eng yetakchi va eng qadimiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet QS xalqaro reytingida dunyoning TOP-1000 oliy ta’lim muassasalaridan biri sifatida e’tirof etilgan.