O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan namunaviy sud protsessi jarayonlari o‘z yakuniga yetdi.
Tanlov yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
Jinoyat ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsesslarida:
1-o‘rin — Toshkent shahar yuridik texnikumi (10000000 so‘m);
2-o‘rin — Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi (8000000 so‘m);
3-o‘rin — Jizzax viloyati yuridik texnikumi (6000000 so‘m);
Nominatsiyalar:
“Eng yaxshi advokat” — Malika Rahmatullayeva, Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi;
“Eng faol sud protsessi ishtirokchisi” — Adolat Abdurahimova, Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi;
“Sud protsessining eng yaxshi notigʻi” — Axmadjon Turdaliyev, Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsesslarida:
1-o‘rin — Farg‘ona shahar yuridik texnikumi (10000000 so‘m);
2-o‘rin — Andijon viloyati yuridik texnikumi (8000000 so‘m);
3-o‘rin — Xorazm viloyati yuridik texnikumi (6000000 so‘m);
Nominatsiyalar:
“Eng yaxshi advokat” — Abdulaziz Abdurahimov, Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi;
“Eng faol sud protsessi ishtirokchisi” — Iroda Ozodova, Xorazm viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi;
“Sud protsessining eng yaxshi notigʻi” — Farangiz Norboyeva, Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi.