Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU Endowment fund tomonidan faxriy bitiruvchilar uchun maxsus uchrashuv tashkil etildi

1982-yilda Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tamomlagan bitiruvchilar uchun tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rahbariyati, faxriy professor-o‘qituvchilar, talaba va magistrantlar ishtirok etdi.

Tadbirda TDYU rektori A.Tashkulov bitiruvchilarni universitet binosida qayta yig‘ilgani, yubiley uchrashuv bilan samimiy muborakbod etdi.

Uchrashuvda TDYU Maqsadli jamg‘arma fondi — Endowment fundning taqdimot marosimi o‘tkazilib, fondning maqsad va vazifalari, loyihalar va rejalari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvdan so‘ng faxriy bitiruvchilar uchun universitet bo‘ylab sayohat tashkil etilib, ta’lim muassasasining bugungi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.