Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan tashkil etilayotgan anjumanda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishi mumkin.
Konferensiya tashkilotchilari tomonidan anjuman yakunlari bo‘yicha to‘plam chop etish rejalashtirilgan. Ushbu to‘plamda ilmiy maqola va tezislarni chop ettirishni istaganlar 10-oktabrga qadar institut@sudex.uz elektron manziliga belgilangan talablar asosida ilmiy materiallarini yuborishi kerak.