Vis Moot Summer School 2022 yakunlandi
Ikki oy davomida o‘tkazilgan yozgi maktab mashg‘ulotlarida 53 nafar talaba ishtirok etdi. Maktab ishtirokchilariga xalqaro arbitraj va xalqaro savdo huquqi bo‘yicha ma’lumotlar berildi, turli memorandumlar yozilib, og‘zaki chiqishlarga tayyorgarlik ko‘rildi.
Shuningdek, yozgi maktab ishtirokchilarining og‘zaki chiqishlarga tayyorlash, ularning notiqlik mahoratini oshirish hamda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “White&Case” xalqaro advokatlik firmasi mutaxassislari ishtirokida “Oral Advocacy” mavzusida trening tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: 17–19-sentabr kunlari Vis Moot xalqaro tanlovining 30-mavsumida ishtirok etuvchi TSUL Vis Moot 2022/2023 asosiy jamoasiga qabul uchun tanlov o‘tkaziladi.
Batafsil ma'lumotni @tsulvismoot telegram kanalidan olish mumkin.